OPL. "Sabah" mehmonda "Karvan"dan ustun keldi, Rahmonaliev 89 daqiqa o'ynadi

Alisher Ostonov
5 okt 2025
Ozarbayjon Premer-ligasi 7-tur doirasidagi "Karvan" - "Sabah" o'yini bo'lib o'tdi.

Birinchi bo'limda "Sabah" vakillari Joy-Lens Mikels (31-daqiqa, penaltidan) va Kaxem Parris (37-daqiqa) tomonidan birinchi bo'limda urilgan gollar o'yin taqdirini hal qildi.

Mehmonlar safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 89-daqiqada almashtirildi.


5 okt 2025, 16:00
Karvan — Sabah
0 – 2
Tugadi





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia