Karrager: "Butun bir davlat homiylik qilganida "Liverpul" ham chempionlikka erishgan bo'lardi"

Mirjalol Normatov
17 yanv 2020, 19:20
"Liverpul"ning sobiq sardori Jeymi Karrager "Manchester Evening News" nashri jurnalisti Styuart Brennan bilan tortishib qoldi.

OAV vakili "Liverpul"ning sobiq futbolchisi Rahim Sterling "Manchester Siti"ga o'tishining sababi - APL chempionligiga erishish bo'lganligini va bunga 2 marta erishganligini takidlagandi.

Karrager esa raqib manzili tomon shunday gaplarni aytdi: "Agarda "Liverpul"ga ham butun bir davlat homiylik qilganida jamoa bunga qadar hech bo'lmasa bir marta APL chempionligini qo'lga kiritgan bo'lardi".

"Siti"ni ayni damda BAAning Abu-Dabi amirligi qirolligi oilasi vakili shayh Mansur moliyalashtirmoqda.

41 yoshli Karrager esa faoliyatini "Liverpul"da o'tkazgan. 1996-2013 yillar davomida Jeymi mersisaydliklar sharafini himoya qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: MEN