Karlo Anchelotti "Everton"ga meksikalik futbolchini taklif qilmoqchi

"Napoli" forvardi Irving Losano faoliyatini "Everton"da davom ettirishi mumkin.

Bu haqida "Tuttomercatoweb" nashri ma'lum qildi. Meksikalik futbolchiga avvalroq "Napoli"ni boshqargan Karlo Anchelottining shaxsan o'zi qiziqish bildirmoqda. Futbolchining transfer qiymati 40 mln evroni tashkil qiladi. 24 yoshli hujumchi joriy mavsum "Napoli" safida 28 o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilishni uddalagan.

Ma'lumot uchun, Losano neapolliklar safiga o'tgan yilning yozida Niderlandiyaning PSV klubi safidan kelib qo'shilgandi.


Manba: Tuttomercatoweb