Karlo Anchelotti: "Bavariya" Sansheshni sotmaydi va ijaraga ham bermaydi"

Tolibjon Qosimov
9 mar 2017, 21:32
"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim imoyachi Renatu Sansheshning boshqa klubga o'tishi mumkinligini rad etdi.

"Renatu keyingi mavsum "Bavariya"da bo'ladi. Bu 100 %. Biz uni sotmaymiz va ijaraga ham bermaymiz", - deydi Anchelotti.

Sanshesh Myunxen klubi uchun barcha musobaqalarda 19ta o'yin o'tkazdi, shulardan ettitasida bahsni asosiy tarkibda boshladi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sport.de