Karim Benzema to'g'risida film suratga olindi

Netflix kompaniyasi “Real” hujumchisi Karim Benzema haqida hujjatli film suratga oldi.

Filmda futbolchining Fransiya terma jamoasidan chetlatilishiga katta e'tibor qaratilgan. Suratga olishda Krishtianu Ronaldu, Karlo Anchelotti va Zinedin Zidan, shuningdek, “Real” prezidenti Florentino Peres ham ishtirok etishgan.

Karim Benzema “Real”da 2009 yildan buyon to'p surib kelmoqda. U 407 o'yinda 191 ta gol urgan. 2015 yilda Matyo Valbuena bilan muammolar sabab Fransiya terma jamoasidan chetlashtirilgan.


Manba: Championat.com