Karim Benzema "Real Madrid"ning Chempionlar Ligasidagi tarixiy golini kiritdi

Aslanov Jasurbek
3 noya 2021
Karim Benzema "Shaxtyor"ga qarshi o'yinning 14-daqiqasida hisobni ochdi.

Fransiyalik futbolchi kiritgan ushbu to'p "Real Madrid"ning Chempionlar Ligasidagi 1000-goli bo'ldi. Bu natija ushbu musobaqaning mutlaq rekordi hisoblanadi. "Real"dan boshqa biror bir klub mingtalik dovonga eta olgani yo'q.

"Real Madrid"ning eng yaqin taqibchisi bo'lgan "Bavariya" hisobida 759 ta gol mavjud.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports