Karikatura: London derbisi antiqahramoni - Antonio Ryudiger

Tolibjon Qosimov
26 yanv 2018
"Bleacher Report" va "Bein Sports"ning navbatdagi karikaturalarini e'tiboringizga havola etamiz.

Angliya Liga kubogi yarim finali doirasidagi "Arsenal" - "Chelsi" uchrashuvida "to'pchilar" 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi va finalga yo'l olishdi. Uchrashuvda "Arsenal"ning ikkita golida "Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger ishtirok etdi. Birinchisida, Monrealning zarbasi avvaliga Markos Alonso, keyin esa Ryudigerning boshiga tegib gol bo'ldi. Ikkinchisida esa himoyachi o'zi bilmagan holda Granit Jakaga golli pas berib qo'ydi.

London derbisi antiqahramoni - Antonio Ryudiger



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia