Kapello: "Mxitaryan "Inter"ning asosiy futbolchisi bo'la oladi"

Mirjalol Normatov
3 iyul 2022
"Roma" sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello yarim himoyach Genrix Mxitaryanning "Inter"ga o'tishi haqida gapirdi.

Mutaxassisning fikriga ko'ra, armanistonlik futbolchi "ko'k-qoralar"ga yordam bera olishini, Inzagi bilan kelishib ishlay olishini aytdi.

"Mxitaryan "Roma"ning asosiy futbolchisi bo'ldi. U jamoada o'ziga katta yuk oldi. "Inter"da ham u yetakchi bo'la oladi", - dedi Kapello.

Yakunlangan mavsumda 33 yoshli futbolchi "Roma" tarkibida 44 o'yinda qatnashib, 5 gol va 8 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal