Kandreva APLga ko'chib o'tishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
6 yanv 2019
"Inter" futbolchisi Antonio Kandreva faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

31 yoshli futbolchiga "Vest Xem" tomonidan qiziqish bildirilmoqda. "Bolg'achilar" yozda Kandrevaga qiziqish bildirgandilar, ammo yakunda boshqa futbolchi xarid qilingandi.

Ushbu mavsumda Kandreva "Inter"da kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Shu sababdan ham klub rahbariyati futbolchi borasida boshqa variantlarni o'rganib chiqmoqda.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Thesun.co.uk