“Kamp Nou”da g'alaba qozonish Unai Emerigamas!

Unai Emeri boshchiligidagi “Vilyarreal” La Liga 3-turi doirasida safarda “Barselona”ga 0:4 hisobida yutqazdi.

Bu Unai Emeri uchun “Kamp Nou”dan 13-o'yin bo'ldi. Qizig'i, Emeri jamoalari biror marta ham “Kamp Nou”da g'alaba qozona olmagan - 13 ta mag'lubiyat.

Shuningdek, “Barselona”ga qarshi bahs Emerining murabbiylik faoliyatidagi 800-o'yin bo'ldi.


Manba: Squawka