

Tojiev: - Biz qiyin o'yin o'tkazdik. Bu erga yetib kelishga ko'p vaqt sarfladik. Maydonning holati ham kombinacion futbol o'ynashni qiyinlashtirdi. Ikkinchi bo'limda charchoq sezildi. Shunga qaramay, oxirigacha kurashgan yigitlarga rahmat aytaman. Darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik. Yaxshiroq o'ynaganimizda g'alaba qozonishimiz mumkin edi, ammo charchoq ta’sir ko'rsatdi. Oldimizda navbatdagi o'yinlar bor. Ularda g'alaba qozonishga urinib, keyingi bosqichga chiqish uchun kurashni davom ettiramiz.



