Kamoliddin Tojiev: "Hozir eng baxtli insonman"

Alisher Ostonov
29 okt 2025
"Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev "Buxoro" (1:0)ga qarshi O'zbekiston kubogi finalidan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Kecha ham qiyin o'yin bo'lishi haqida aytgan edim. O'yin bir golgacha davom etadigan edi, shunday ham bo'ldi. Barchani tabriklayman" - dedi Kamoliddin Tojiev finaldan so'ng.

"Barcha muxlislarimizni tabriklayman. O'yin qiyin kechdi va bunday bo'lishini bilardik. O'zimizga kerakli natijani qo'lga kiritdik", - dedi Hojiakbar Alijonov.


Hojiakbar Alijonovga savol

- Bahsli epizodlar nima sababdan kelib chiqdi?

- Men ham tushunmadim nega bunday to'polon qilishganini. Menimcha, bunday futbol o'ynash yaxshi emas.

- Bashar Resan nega bugun zaxirada qoldirildi?

- O'tgan o'yin to'liq 90 daqiqa harakatlangan edi. Bu safar tayyor futbolchilarni maydonga tushirdik. Bashar "Xorazm"ga qarshi o'yinda ko'p kuch yo'qotgandi.

- Bashar Resan qizil kartochka olganda sizda "B" plan bormidi?

- Yo'q. Chetlatish haqida o'ylamagandik. Bir o'sha vaziyatda 1:0 hisobida g'alaba qozonayotgan edik. Agar chetlatish bo'lganida, zaxiradan yana bir himoyachini maydonga tushirishga tayyor edik va hisobni ushlab qolishga harakat qilardik.


Hojiakbar Alijonovga savol

- Shahboz Jo'rabekov bilan maydonda ko'p to'qnash keldingiz. Ikki futbolchi o'rtasidagi bunday shiddatli o'yinga nima sabab bo'ldi?

- Jo'rabekov bosh murabbiy ko'rsatmasini bajardi deb o'ylayman. Maydonda chog'imiz raqib bosh murabbiyi menga yaqinroq o'ynash kerakligini maslahat berdi. Menimcha, shu sabab. Qiyin bo'ldi.

- Bir vaziyatda siz va Xomyakov o'rtangizda muloqot bo'ldi. O'sha vaziyatda qanday muloqot kechdi?

- Bu futboldagi oddiy bir holat. Xomyakov o'z fikrini aytdi, men esa o'zimning fikrimni bildirdim.

- "Buxoro"ning bekor qilinganini golining takrorini ko'rdingizmi?

- Yo'q, hali ko'rganim yo'q. Yordamchilar aytishi bo'yicha ikkita ofsayd bo'lgan ekan.

- Murabbiy sifatidagi dastlabki sovrinni qo'lga kiritdingiz. Rahbariyat bugungi sovrin uchun qanday rag'batlantirish vada qildi?

- Hali hech kim bu haqda gapirmadi.

- Yil boshida jamoada emas edingiz. Bosh murabbiy sifatidagi ilk sovrinni yutdingiz. Bugungi o'yindan so'ng nimalarni his etdingizmi? Qanday hissiyotlar o'tdi?

- Hozir eng baxtli insonman, ochig'i. Bu juda katta yutuq va men juda xursandman. Yigitlarga rahmat aytaman. Senlar o'zlaring imkoniyat bermasalaring, hech kim senlarni enga olmaydi deb aytib kelaman.



- Hojiakbar Alijonov

"Doktorimizga ham rahmat. Iltimos, ushbu so'zlarimni e'tibordan chetda qoldirmanglar. Ushbu gap o'zlariga yetib borsin"


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia