Baxtiyor Ashurmatov: "Paxtakor" birinchi bahsda o'z o'yini bilan kuchli jamoaga munosib qarshilik qilishini isbotladi"

Iskandarov Abdulaziz
11 mar 2025
Elit OCHLda o'z yurishini davom ettirayotgan "Paxtakor" bugun nimchorak final javob uchrashuvida "Al Hilol"ga qarshi maydonga chiqadi.

Mehmonda bo'lib o'tadigan uchrashuv oldidan tajribali mutaxassis Baxtiyor Ashurmatovning fikrlarini tingladik. 

"Jamoalarning dastlabki uchrashuvi menda juda yaxshi taassurot qoldirdi. "Paxtakor" bu yilgi mavsumda qaytadi degan fikrim o'yindan keyin yanada kuchaydi. Legionerlar "Paxtakor"ning o'yinini kuchaytirgani ko'rinib turdi. Jamoa chiroyli va mazmunli harakat qilib g'alaba qozondi. Afsuski, darvozaga ikkinchi golni ura olishmadi. Mehmondagi o'yin oldidan bu kamlik qilishi mumkin. Lekin "sherlar" bu o'yini orqali kuchli jamoaga munosib qarshilik ko'rsata olishini isbotladi. Ularga safardagi bellashuvda omad tilayman va muxlislik qilaman",- deydi Baxtiyor Ashurmatov. 

Ma'lumot uchun, o'yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00da Ar Riyoddagi "Kingdom Arena"da start oladi. Toshkentda o'tgan birinchi uchrashuvda poytaxt klubining qo'li baland kelgan edi (1:0).


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia