

Ko'p yillar davomida Samarqand futbolida avval futbolchi, keyin esa murabbiy sifatida viloyat klublari, Registon va Dinamo jamoasida hamda Buxoro klubida faoliyat yuritgan
Kamo Aleksandrovich Gazarovning
vafoti munosabati bilan Dinamo PFK jamoasi uning yaqinlari va oila a'zolariga chuqur hamdarligini bildiradi. 2017 yilda Rossiyaga ko'chib ketgan murabbiy Kaliningrad shahrida 59 yoshida vafot etdi.
14 fevral kuni esa, umrini Samarqand futboli xizmatiga baxsh etgan, Ilhom Sharipov, Rustam Istamov, Hamza Jabborov, Olim Tillaev, Umed Abdurahmonov, Rafael Balasanyan singari taniqli sobiq futbolchilarni tarbiyalagan
Xachatur Antonovich Zargaryan
71 yoshida Moskva shahrida vafot etdi. Shu munosabat bilan Dinamo PFK va Samarqand Viloyat Futbol Federatsiyasi marhumlarning yaqinlari va oilasiga chuqur hamdardligini bildiradi.

Rasmda Kamo Gazarov



