Kamen Xadjiev qoldirilgan o'yinda diskvalifikaciya muddatini o'tab bo'ldimi?

Narzulla Saydullayev
17 iyun 2022
Bugun Superligada 12-tur o'yinlari boshlanadi.

PFL doimgidek turdan oldin bo'lajak tur bahslarini o'tkazib yuboradigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. E'tiborlisi ro'yxatda "Paxtakor" himoyachisi, 4ta sariq kartochkasi bor bo'lgan Kamen Xadjiev yo'q.

Futbolchi 10-turdan o'rin olgan "Lokomotiv" bilan bahsda mavsumdagi to'rtinchi ogohlantirishini olgandi va keyingi turni o'tkazib yuborishi kerak edi. PFL 11-tur oldidan Xadjievni diskvalifikaciya qilinganini e'lon qilgandi. Biroq "Paxtakor"ning 11-turdan o'rin olgan "So'g'diyona"ga qarshi uchrashuvi noma'lum muddatga qoldirilgandi.




Shunday ekan Xadjievning diskvalifikaciyasi keyingi, 12-turga o'tishi kerak.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia