Kalvert-Lyuin "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin

Alisher
25 dek 2020
"Everton" forvardi Dominik Kalvert-Lyuin faoliyatini boshqa bir Angliya klubida davom ettirishi mumkin.

23 yoshli hujumchi "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Tomonlar qishki transferlar oynasida muzokaralarga kirishishi mumkin.

Kalvert-Lyuin joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishdi. Hujumchi "Everton" safida 2016 yildan beri o'ynaydi.

Mersisaydliklar Angliya chempionatida 14 turdan so'ng 26 ochko jamg'argan holda jadvalda 4-o'rinda borishmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Express