Kalderon: "Salohni sotib olish uchun "Real"da pul etarli emas"

Mirjalol Normatov
1 mar 2021, 23:51
"Real"ning sobiq prezidenti Ramon Kalderon "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohning "qaymoqranglilar" tarkibiga o'tishi borasida gapirdi.

"Liverpul"ni Salohni qo'yib yubormasa kerak. Buning uchun yaxshi taklif kerak bo'ladi. Albatta, "Real" uni tarkibga olib kelmoqchi bo'lib yuribdi, ammo ularda menimcha pul etarli emas", - dedi Kalderon.

28 yoshli misrlik futbolchi ushbu mavsumda 25 o'yinda 17 gol va 3 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal