Kalderon: "Real" Ronalduni sotib, tarixiy xatoga yo'l qo'ydi"

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2018
"Real" sobiq prezidenti Ramon Kalderonning fikricha, Madrid klubi hujumchi Krishtianu Ronalduni "Yuventus"ga sotib, katta xato qilgan.

"Ular Krishtianu Ronaldudek futbolchini sotib yuborishgani alamli. Uni Madridga olib kelish uchun juda qiynalganmiz. "Manchester Yunayted" uni sotishni istamagan. Endi esa Ronalduni 100 mln. evrga pullashdi.

Har yil 60ta gol urib, 100 mln. evro turadigan futbolchi yo'q. Krishtianuni sotish - yaxshi yangilik emas, milliardga bo'lsa ham. Bu tarixiy xato" - deydi Kalderon.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS