

Portugaliyalikning rimliklar bilan kelishuvi kelasi mavsumda yakunlanadi. Biroq bazi manbalarda yakunlanayotgan mavsum Joze uchun so'nggisi bo'lishi mumkinligi xabar qilindi.
“Bir necha oy oldin “Roma” bosh direktori qolishimni aytdi, ammo bu uning fikri. Men bu haqida hali hech narsa demadim. Shartnomam tugashiga hali bir yil bor. Lekin bu futbol, futbolda esa shartnoma muddati har doim ham muhim rol o'ynamasligi mumkin. Men xotirjamman! Men uchun eng muhimi keyingi o'yin”, - dedi 60 yoshli murabbiy.
Ma'lumot uchun, “Roma” ayni damda Italiya chempionatida 50 ochko bilan beshinchi pog'onada ketmoqda.



