Joze Mourinyu Fransiya chempionatida ish boshlaydimi?

18 fev 2019, 09:35
“Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu kecha Liga 1 25-truidan o'rin olgan “Lill”-“Monpele” (0:0) bahsini stadiondan turib bevosita kuzatib bordi.

O'yindan so'ng u Fransiya chemionatida ishlashi mumkinligi haqida gapirdi.

“Fransiya chempionatida ishlayman, men allaqachon 4 ta davlatda murabbiylik qilishga ulgurdim. Menga boshqa davlat madaniyati bilan tanishish yoqadi. O'qish-o'rganishni yoqtiraman. Yangi chempionatdagi ish men uchun haqiqiy tajriba bo'lardi. Men xotirjamman”,
-deydi Joze.


Manba: L'Equipe