Joze Mourinyu Yevropa ligasi finalidan keyingi harakatlari uchun UEFA tomonidan 4 ta o'yinga chetlatildi

Administrator
21 iyun 2023, 20:55
Bu chetlatish Evrokubok o'yinlari uchun amal qiladi.

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu UEFA tasnifidagi musobalardan to'rtta o'yinga chetlatildi. UEFA tashkiloti bu qarorga Jozening Yevropa Ligasi finalidan so'ng uchrashuvni boshqarib borgan hakamning yoniga borib, nomaqbul so'zlar ishlatgani uchun kelgan. 

Bundan tashqari, Mourinyuga 50 ming evro jarima ham solindi. "Roma" klubi esa o'zining evrokuboklardagi dastlabki uy uchrashuvini muxlislarsiz o'tkazadi. Bunga esa rimlik muxlislarning finalda pirotexnika vositalaridan foydalangani sabab bo'lgan.

Ma'lumot uchun, Yevropa ligasi final uchrashuvi yakunlanganidan keyin Mourinyu "Pushkash Arena"ning avtoturargohida bosh hakam Entoni Teylorni bir qancha so'zlar bilan haqorat qilgandi.

Matbuot anjumanida ham murabbiy hakamning tomorqasiga tosh otib qo'ygan: "Hakam ispaniyalik bo'lib chiqdi. U YCHLga qaytib, shu ishini davom ettiraversin, Yevropa ligasini tinch qo'ysin", - degan.


AdministratorMuallif
Manba: UEFA.com