

"Biz Emiliya-Romanyani qo'llab-quvvatlamoqchimiz (Italiyaning ushbu hududida suv toshqinlari sodir bo'ldi, taxminan 9 nafar inson halok bo'ldi – tahr.). Rimda ayni paytda bayram, ammo o'sha yerdagi insonlarni ham unutmaslik kerak.
O'yinga qatsak: bu mening jamoam. Yigitlar borlarini berishmoqda, bu final – bizning mehnatimiz va koncentraciyamiz samarasi.
Ikki yilda ikkita final? Mening maqsadim "Roma" tarixini yozish emas, yigitlarga o'sishlariga yordam berish va menga ko'p narsa bergan muxlislarni xursand qilish. Bu insonlarga yaxshi kayfiyat taqdim etmoqchiman. Biz uchun katta quvonch".
"Sevilya" ham, "Yuventus" ham juda kuchli jamoalar, menga finalda raqib kim bo'lishining farqi yo'q edi. Bu haqda sal keyinroq o'ylab ko'ramiz", – dedi "Roma" bosh murabbiyi.



