Joze Mourinyo faoliyatidagi eng yomon startni amalga oshirdi

Aziz Tukhtamuradov
29 sen 2023
Portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyo hali mavsumni bu qadar yomon boshlamagandi.

"Roma" A Seriyaning 6-turi doirasida "Jenoa"ga 1:4 hisobida yutqazdi. Jamoa hisobida ayni paytda 5 ochko bor. 

Bu Mourinyo uchun antirekord hisoblanadi. Bungacha uning eng yomon start 2015/16 yilgi mavsumda bo'lgandi. O'shanda u "Chelsi" bilan APLning 6 ta turida 7 ochko to'play olgandi. 

"Roma" ayni paytda A Seriya turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turibdi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta