Jorjino Veynaldum: “Evro-2020 sari katta qadam tashladik”

Aslanov Jasurbek
14 okt 2019
Evro-2020 saralash uchrashuvi doirasida Ronald Kuman shogirdlari safarda Belarusni mag'lub etishdi.

Uchrashuv qahramoni Jorjino Veynaldumning fikricha, jamoa turnirning final bosiqichiga chiqishga juda yaqin. 

“So'nggi jahon va Yevropa chempionatini o'tkazib yuborish alamli va og'riqli  edi. Shuning uchun ham ushbu g'alaba qadrli. Albatta biz hali yo'llanmaga ega chiqqanimiz yo'q, biroq katta qadamni tashladik. Ikkinchi bo'limda g'alaba qozonish oson bo'ladi degan xayolga bordik. Agar Yevropa chempionatidagi jamoalarga qarshi shunday o'ynasak, bu xato bo'ladi”. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: