

"Ayaks" klubi sobiq futbolchi Jonni Xeytingani klub bosh murabbiyi etib tayinladi. Xeytinga bunga qadar "Ayaks" ikkinchi jamoasini boshqarib kelayotgandi. Niderlandiya terma jamoasi va "Everton" klubi sobiq futbolchisi eng kamida mavsum oxiriga qadar "Ayaks"ni boshqaradi.
Eslatib o'tamiz, "Ayaks" bir necha kun oldin Alfred Sxroyderni bosh murabbiylik vazifasidan ozod etgandi.



