Joau Feliks La Ligada oyning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi

Alisher
9 apr 2022, 15:50
La Liga mart oyi yakunlariga ko'ra chempionatning eng yaxshi o'yinchisini ma'lum qildi.

Bu nomga "Atletiko" forvardi Joau Feliks loyiq deb topildi. Bu haqda La Liga rasmiy sayti xabar bermoqda.

U mart oyida madridliklar tarkibida 4ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Mukofot uchun shuningdek "Barselona" hujumchisi Per-Emerik Obameyang va "Real" forvardi Karim Benzema davogarlik qilishgan edi.


AlisherMuallif
Manba: laliga.com