Joan Laporta: “Barselona” bu yil Ispaniya chempionligini qo'lga kiritadi”

Khoja
24 yanv 2024, 09:01
“Barselona” prezidenti Joan Laporta Kataloniya jamoasi bu yil Ispaniya chempionligini qo'lga kiritishiga ishonmoqda.

“Xavi chempionlikni qo'lga kiritishimiz qiyin bo'lishini aytdi? Men har doim Xaviga qo'shilaman. O'zim uchun aytaman, albatta, qiyin bo'ladi, lekin biz chempionlikni qo'lga kiritamiz. Ishonchim komilki, “Barselona” chempionlik uchun asosiy favorit”,-deb fikr bildirdi Kataloniya klubining prezidenti.

Ma'lumot uchun, Hozirda “Barselona” La Ligada 44 ochko bilan 3-pog'onada kyetishmoqda. Birinchi o'rindagi “Jirona”da 52 ochko, 2-o'rindagi “Real Madrid”da esa 51 ochko bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com