Jiru keyingi mavsumda Fransiyada o'ynamoqchi

Mirjalol Normatov
20 mar 2019
"Chelsi" forvardi Olive Jiru yozda "Lion"ga o'tishi mumkin.

"Goal" xabariga ko'ra, 32 yoshli futbolchi raqobatda Gonsalo Iguainga mag'lub bo'layotganidan mamnun emas va shu boisdan o'z vataniga qaytmoqchi.

Jiru 2017 yilda "Chelsi"ga o'tgandi. U bu mavsumda jamoasi tarkibida 34 o'yinda 10 gol urdi va 8 golga assistentlik qildi.

Uning jamoa bilan shartnomasi ushbu mavsumdan keyin yakuniga etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe