Jiru Fransiyaga yo'l oladimi?

Sherzod Nurmatov
15 mar 2020
Olive Jiru "Lion"ga o'tishi mumkin.

"Chelsi" hujumchisi Olive Jiru "Lion" safiga o'tishi kutilmoqda. 33 yoshli fransiyalik u erda MYU jiddiy qiziqayotgan Mussa Dembelening o'rnini egallashi mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Lacio" va MLS klublari ham "ko'klar" hujumchisiga davogar.

Ushbu mavsumda Jiru Premer-ligada 9 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Soccer Link