

"Ko'klar" hujumchisi Olive Jiru Yevropa Ligasi finali doirasidagi "Arsenal"ga qarshi bahsda o'ynashga tayyor.
"Men doim sobiq jamoalarimga qarshi o'ynashni yoqtiraman. Bu qiyin va bazida og'riqli bo'lishi mumkin, ammo his-tuyg'ularni bir chetga surib qo'yish kerak".
Eslatib o'tamiz, fransiyalik forvard "kanonirlar" safini 2012 yildan 2018 yilgacha, yani 6 yil himoya qilgan.
"U yerda o'tkazgan damlarim menga juda ham yoqadi. Bu mening Angliyadagi birinchi jamoam va kareramning katta qismidir. U har doim alohida bo'lib qoladi, ammo hozir mening qonim ko'k rangga kirganini his qilyapman. Bu rang Fransiya terma jamoasining rangi bilan ham mos tushadi", - deydi Jiru.



