Jirkov futbolchilik faoliyatini yakunladi

Оқил Абдубарноев
13 fev 2023
Yuriy Jirkov futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.

“O'ylashimcha, professional futbolchilik faoliyatim yakunlanganini hamma allaqachon taxmin qilgan.

Kelgusida hech narsani rejalashtirmaganman. Hayotdan rohatlash kerak”, - dedi Jirkov.

39 yoshli Jirkovning so'nggi klubi "Ximki" edi.

Yuriy Tambovda tug'ilgan va o'z faoliyatini mahalliy "Spartak" tarkibida boshlagan. Keyinchalik SSKA, "Chelsi", "Anji", "Dinamo", "Zenit" klublarida o'ynagan.

U SSKA bilan Rossiya chempionatining ko'p karra, shuningdek, UEFA kubogi g'olibi sanaladi. "Chelsi" bilan Angliya chempionligi, kubogi va superkubogini qo'lga kiritgan. Klublar miqyosida unda jami 21 ta sovrin mavjud.

Rossiya terma jamoasi tarkibida Jirkov 105 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan. U jamoa bilan Evro-2008'da bronza medalini qo'lga kiritgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: РБ Спорт