

"Arsenal" klubi hujumchisi Gabriel Jezus noyabr oyidan beri ilk bora klubi mashg'ulotlarida to'liq qatnashdi. Hujumchi Jahon chempionatida Braziliya termasi safida jarohat olgandi.
Avvalroq, "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta forvardning maydonga qaytishiga oz fursat qolganini ma'lum qilgandi. Biroq u aniq sanani aytmagandi.
Ma'lumot uchun, Jezus jarohatiga qadar "Arsenal" safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushgandi. Uning hisobida 5 ta gol va 6 ta assist bor.





