

Portugaliyalik futbolchi "Al Nasr" bilan shartnoma imzoladi. Ronaldu bunga qadar "Manchester Yunayted"da o'ynagan va mojaroli intervyu sabab JCH-2022 paytida klub u bilan bitimni bekor qilgandi.
"Qandaydir manoda u uchun qayg'uli yakun. Ronaldu va Messi ikki buyuk futbolchilardir.
Ronaldu faoliyatini Pirs Morgan bilan intervyudan so'ng yakunladi, Messi esa JCH-2022ni yutdi. Bu ketishning eng yaxshi yo'li emas", – deydi "Liverpul" sobiq himoyachisi.



