Jeydon Sancho "Borussiya"da 11ta o'yindan beri gol ura olmayapti

Alisher
21 dek 2020
Sanchodan "quruq" seriya.

Angliyalik futbolchi joriy mavsum Germaniya Bundesligasi doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga gol yozdirib qo'ya olmadi.

20 yoshli o'yinchi umumiy 900 daqiqadan beri gol urmayapti. Joriy mavsum barcha musobaqalarda esa 17ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 6ta assist qayd etdi.

Angliyalik futbolchi "arilar" tarkibida 116ta o'yinda harakat qilgan va ularda 37ta gol va 49ta assist ijro etgan.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia