Jervino raqibini bosib olgani uchun o'yindan chetlatildi (video)

Aslanov Jasurbek
23 avg 2016
"Xeybey Chayna Forchun" hujumchisi Jervino "Xenan Jiane"ga qarshi Xitoy chempionatining 23-tur uchrashuvida uchrashuvni muddatidan avval yakunladi.

Uchrashuvning 78-daqiqasida "Xenan Jiane" hujumchisi Chen Xao uchrashuvdagi yagona golni urdi. Bundan 5 daqiqa o'tib mag'lub bo'layotganlar forvardi Jervino qizil kartochka oldi. O'sha vaziyatda ivuarlik to'pni olish uchun raqibining oyog'ini bosib oldi va qo'pollikni ko'rgan hakam Jervinoni maydondan chetlatdi.

TAS-IX emas



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia