Jerrard "Liverpul"dan qo'ng'iroq kutmoqda

Sherzod Nurmatov
16 mar 2026
"Liverpul" ushbu mavsum unchalik ham yaxshi ko'rinmayapti.

Yakshanba kuni jamoa yana muxlislarini asabiylashtirdi - "Tottenxem"ga qarshi o'yin 1:1 hisobida yakunlandi.

"Indykaila News"ning xabar berishicha, Stiven Jerrard hozir telefon yaqinida o'tirib, "Liverpul"dan qo'ng'iroq kutmoqda. Jerrard hammasini tashlab, mavsum oxiriga qadar "qizillar"ni boshqarishga tayyor. Mersisaydliklar sobiq sardori jamoani qiyin vaziyatdan chiqarishni istaydi.

Stiven Jerrard "Al Ittifoq"dan ketganidan beri bir yildan ortiq vaqtdan beri murabbiylik faoliyatida emas.

Hozirda "Liverpul" Angliya chempionati turnir jadvalida 5-o'rinda ketmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: indykaila News