"Jenoa" sardori MLS klubi bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. U martda klubga qo'shiladi

Alisher
28 fev 2022
"Jenoa" sardori va himoyachisi Domeniko Krishito MLSning "Toronto" klubi bilan 2 yillik kelishuvga erishdi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 35 yoshli futbolchi yangi jamoasiga martda qo'shiladi.

Eslatib o'tamiz, Domeniko 2011-2018 yillar davomida "Zenit"da o'ynaganidan so'ng, "Jenoa"ga o'tgan edi.

Krishito shuningdek Italiya terma jamoasida 26ta o'yinda maydonga tushgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira