"Jenoa" Dele Allini futbolga qaytarmoqchi

Sherzod Nurmatov
30 sen 2024
Angliyalik futbolchi hozir erkin agent maqomida.

"Jenoa" "Everton" va Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Dele Alliga qiziqish bildirmoqda.

28 yoshli yarim himoyachi iyul oyi boshida "irislar"ni tark etganidan beri erkin agent sanaladi. 

Shu tariqa Genuya klubi ukrainalik Ruslan Malinovskiy uzoq muddatga safdan chiqqanidan so'ng maydon markazidagi muammoni hal qilishga urinmoqda.

Alli "Tottenxem" va "Beshiktosh"dagi o'yinlari bilan tanilgan. Yarim himoyachi Angliya terma jamoasi safida 37 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan.

"Jenoa" A Seriya turnir jadvalida 16-o'rinda bormoqda. Alberto Jilardino shogirdlari 5 oktyabr kuni navbatdagi tur doirasida "Atalanta" bilan bahs yuritadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia