Rimning "Roma" klubi hujumchisi Edin Jeko Yevropa Ligasi 1/16 finali doirasidagi "Braga" (3:1) bilan o'yinda jarohatga yo'liqdi.
“Football Italia” nashrining xabariga ko'ra, bosniyalik futbolchi Italiya chempionati 24-turi doirasidagi "Milan" bilan o'yinni o'tkazib yuboradi. Ma'lumot uchun, “Roma” – “Milan” to'qnashuvi 28 fevral oqshomida o'tkaziladi.