JCH-2026 saralashi. Kuper boshchiligidagi Suriya Yaponiyaga mag'lub bo'ldi va keyingi bosqich yo'llanmasidan quruq qoldi

Omonjon To`xtamirzayev
11 iyun 2024
Jahon chempionati saralashi doirasida Yaponiya o'z maydonida Suriya termasini qabul qildi.

Xiroshima shahridagi "Edion Peace Wing Hiroshima" stadionida bo'lib o'tgan bahsda "samuraylar" raqibngi yanchib tashlashdi - 5:0. 

Mezbonlar safida Ayase Ueda, Ricu Doan, Yuki Soma va Takumi Minamino gol urishga muvaffaq bo'lgan bo'lsa, Taer Kruma avtogol sohibiga aylandi.

Ushbu mag'lubiyatdan keyin Suriya keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini to'liq yo'qotdi va guruhda uchinchi bo'lib qolib ketadigan bo'ldi.

Turnir jadvali


JCH-2026 saralashi. 6-tur
Yaponiya - Suriya 5:0
Gollar:
Ayase Ueda (13); Ricu Doan (19); Taer Kruma (avtogol, 21); Yuki Soma (penaltidan 73), Takumi Minamino (85).


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia