JCH-2026 saralashi. BAA terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati ma'lum

Omonjon To`xtamirzayev
2 sen 2024
BAA milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Paulu Bentu sentyabr oyidagi o'yinlar uchun 30 nafar futbolchini jalb etdi.

Ular orasida 4 nafar darvozabon bo'lib, qolgani maydondagi o'yinchilar. Qizig'i shundaki, BAA termasi tarkibida mahalliylashtirilgan futbolchilar ham bor. 

Darvozabonlar: Xalid Eysa ("Al Ayn"), Xalid Tavhid ("Sharja"), Ali Xaseif ("Al Jazira"), Adli Mohamed ("Sautgempton" Angliya).

Himoyachilar: Xalid Al Xashmi ("Al Ayn"), Xalifa Al Hammadi ("Al Jazira"), Mohamed Al Attas ("Al Jazira"), Xamis Al Mansuri ("Baniyas"), Xalid Al Danhani ("Sharja"), Zayed Sultan ("Al Jazira"), Kouame Kouadio ("Al Ayn"), Abdulla Idris ("Al Jazira"), Abdulrahmen Saleh ("Baniyas"), Ali Salmin ("Al Vasl"), Yahya Nadir ("Al Ayn").

Yarim himoyachilar: Mohamed Abbas ("Al Ayn"), Majid Rashid ("Sharja"), Abdulla Hamad ("Al Vahda"), Tahnun Al Zaabi ("Al Vasl"), Issam Faiz ("Ajman"), Yahya Al Gassani ("Shabab Al Ahli"), Harib Abdullah ("Shabab Al Ahli"), Fabio De Lima ("Al Vasl"), Ali Saleh ("Al Vasl"), Sultan Adel ("Shabab Al Ahli").

Hujumchilar: Makkenzi Xant ("Flitvud Taun" Angliya), Fahad Bader ("Emireyts"), Junior Ndiaye ("Monpele" Fransiya), Mohammed Jumaa ("Al Batae"), Kayo Kaneda ("Al Vasl"). 

Bosh murabbiy - Paulu Bentu (Portugaliya)


Eslatib o'tamiz, BAA terma jamoasi O'zbekiston joy olgan guruhda bo'lib, JCH-2026 saralash uchinchi bosqichining ilk turini 5 sentyabr kuni safarda Qatarga qarshi o'tkazadi. Avvalroq, Qatar terma jamoasining saralash o'yinlari uchun tarkibi ma'lum bo'lgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia