

O'yinda Tunis 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Fransiya garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, guruhda 1-o'rinni egallab, 1/8 finalga yo'l oldi.
Tunis – Fransiya 1:0
Gol: Xazri 58.
30 noyabr, 20.00, Education City Stadium
Tunis – Damen, Keshrida, Gandri, Merya, Talbi, Maalul, Sxiri, Laiduni, Ben-Romdan (Shalali, 74), Sliman (Abdi, 83), Xazri (Jebali, 59).
Fransiya – Mandanda, Disasi, Varan (Saliba, 63), Konate, Kamavinga, Veretu (Rabo, 63), Tchuameni, Fofana (Grizmann, 73), Genduzi (Dembele, 79), Koman (Mbappe, 63), Kolo-Muani.
Ogohlantirishlar: Keshrida 28.
Ushbu sahifa orqali uchrashuvning matnli translyatsiyasini kuzatishingiz mumkin bo'ldi.
MATNLI TRANSLYATSIYA
102. Uchrashuv yakunlandi!
100. VAR golni bekor qildi.
98. GOOOOL! Grizmann so'nggi daqiqalarda hisobni tenglashtirmoqda! O'ng oyoqdagi kuchli zarba va gol. Yo'q, gol hisoblanmadi. Grizmann o'yindan tashqari holatda ekan!
94. Tunisliklar ketma-ket o'yin qoidalarini buzishmoqda. Fransiya esa so'nggi daqiqani hujumda o'tkazyapti.
90. Hakam 2-bo'limga 8 daqiqa vaqt qo'shib berdi.
89. Mbappe chap qanotdan reyd uyushtirdi. Uning zarbasini darvozabon Damen bartaraf etdi.
85. Yevropaliklarning yana bir hujumi samarasiz yakunlandi.
80. Franuzlar oldinga o'tishmoqda. Yangi tushgan futbolchilar hisobiga jamoa hujumlar sonini oshirdi.
79. Fransiyada so'nggi o'zgarish: Genduzi o'rniga Dembele o'yinni tugatib qo'yadi.
78. O'yin tempi oshgan. Maydonda kurash kechmoqda. Mayda follar ham ko'paydi.
75. Tunisda Ben-Romdan o'rniga Chaleli maydonga tushdi.
73. Fafana o'rniga Grizmann tushirildi.
70. Ammo Tunis ham hujumda davom etyapti.
67. Uchta o'zgarishdan keyin Fransiya ham oldinga o'ta boshlayapti.
64. Fransiyada biryo'la uchta o'zgarish: Varan, Koman va Veretu o'rniga Saliba, Mbappe, Rabo o'yinni davom ettiradi.
62. Narigi uchrashuvda Avstraliya hisobni ochdi.
60. Gol urgan Xazri maydonni tark etdi. Uning o'rniga uchrashuvni Jebali davom ettiradi.
58. GOOOOOOL!!!! Xazriiiii!!!! U bir necha futbolchi orasidan qochib ketgan holda Mandanda darvozasini ishg'ol etmoqda - 1:0!
56. Tunis faollikni yo'qotayotgani yo'q. Jamoada hali pley-off uchun imkoniyat bor. Bu paralell o'yindagi natijaga ham bog'liq.
52. Layduniiii! Afrikaliklar yana oldinga o'tishdi. Ammo navbatdagi hujum ham samara bergani yo'q.
48. Tunis sardori Xazri Chuameni bilan to'qnashuvda yiqilib tushdi. Ammo jarima zarbasi yo'q.
IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!
Tanaffusda o'qish uchun: JCH-2022. Pley-off masalasini hal qilgan Fransiya hali imkoniyatni yo'qotmagan Tunisga qarshi (PREVYU)
BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!
45+2. Xazri uzoqdan zarba berdi. Ammo noaniq.
45. Hakam 2 daqiqa vaqt qo'shib berdi.
44. Paralell ravishda o'tayotgan Tunis - Fransiya uchrashuvida hamon 0:0 hisobi qayd etilmoqda. O'yindan matnli translyatsiyani ham kuzatib borishingiz mumkin.
43. Tunisning yana bir hujumi ofsayd bilan yakunlandi.
39. Kamavinganing etkazib bergan to'piga jamoadoshlari yetib kela olishmadi.
35. Zarbaaa! Xazriiii! Uning chap oyoqdagi zarbasini Mandanda bartaraf etdi.
33. Tunisliklarning navbatdagi hujumini Kamavinga bartaraf etdi.
28. Keshrida Kamavingaga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka bila jazolandi.
25. Xavfli vaziyayattttt! Komanning darvoza yaqinidan chap oyoqda bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
23. Ana endi o'yin maydonning Tunis darvozasi joylashgan qismiga ham o'tdi - Fransiya hujum tashkil qila boshladi.
19. Uchrashuvning 19-daqiqasiga kelib fransiyaliklar ham oldinga o'ta boshlashdi.
17. Tunis Fransiyaning ikkinchi tarkibiga bosim qilmoqda. Francuzlar asosiy vaqtni himoyada o'tkazishmoqda.
13. Kamavinga jarima maydonchasi ichida Xazrini yiqitdi. Ammo penalti yo'q. Davom etamiz.
11. Tunisliklar hozircha birinchi raqam sifatida harakat qilishmoqda.
8. GOOOL!!! Afsuski hisobga olinmadi.... Tunis futbolchisi Gandri hisobni ochgandi. Afsuski ushbu vaziyatda o'yindan tashqari holat qayd etildi. Hisob ochilmay qoldi.
5. Tunis oldinga o'tmoqda. O'yindagi dastlabki burchak zarbasini afrikaliklar amalga oshirishdi.
3. Qanotda Hazri va Kamavinga to'qnashuvi bo'ldi. Fol.
- UCHRASHUV BOSHLANDI! Tunis boshlab berdi!
- Davlatlar madhiyasi yangramoqda.
- Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Tunis va Fransiya o'rtasidagi uchrashuvdan matnli translyatsiyani boshlaymiz.



