JCH-2022 saralashi. Yaponiya Avstraliyani mag'lub etdi (jadval)

Alisher
12 okt 2021
JCH-2022 saralash Osiyo mintaqasi 3-bosqich "B" guruhi 4-tur doirasidagi Yaponiya - Avstraliya o'yini bo'lib o'tdi.

Yaponiya "Saytama Stedium"da Avstraliya terma jamoasini qabul qildi. Dastlab kunchiqar yurt vakillari hisobni ochishdi, 8-daqiqada Ao Tanakaning zarbasi golga aylandi. 70-daqiqada Avstraliya terma jamoasi o'yinchisi Aydin Xrustich esa hisobni tenglashtirdi. Asosiy vaqt yakunlanishiga 5 daqiqa qolganda mehmonlar vakili Aziz Bexichning avtogoli yaponlarga 3 ochkoni taqdim etdi.


Yaponiya - Avstraliya 2:1

Gollar: Ao Tanaka (8), Aziz Bexich (85, avtogol) - Aydin Xrustich (70).



"B" GURUH JADVALI




AlisherMuallif
Manba: championat.asia