JCH-2022 saralashi. Usmon Toshev boshchiligidagi Tojikiston Mo'g'ulistonga yetib bordi

Narzulla Saydullayev
8 sen 2019
Tojikiston terma jamoasi bugun erta tongda JCH-2022 saralashi doirasidagi Mo'g'uliston bilan o'yinni o'tkazish uchun Ulan-Bator shahriga yetib bordi.

Terma jamoa Moskva orqali Ulan-Batorga uchib bordi. Bu haqda Tojikiston FF rasmiy sayti xabar berdi. Mo'g'ulistonga Usmon Toshev 21 nafar futbolchini olib bordi.

Mo'g'uliston - Tojikiston uchrashuvi 10 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi.

Mo'g'ulistonga borgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar:
Rustam Yatimov (Istiqlol), Shoxrux Qirg'izboev (Lokomotiv-Pomir), Fatxullo Boboev (Regar-TadAZ);

Himoyachilar: Xurshed Beknazarov (PS TIRA, Indoneziya), Davrondjon Ergashev (Xo'jand), Manuchexr Safarov (Xo'jand), Axtam Nazarov, Iskandar Jalilov, Tabrezi Davlatmir, Zoir Jo'raboev (barchasi – Istiqlol);

Yarim himoyachilar: Parvizjon Umarboev (Lokomotiv, Plovdiv, Bolgariya), Amirbek Jo'raboev (Navbahor, O'zbekiston), Alisher Jalilov, Exsoni Panshanbe, Muhammadjon Rahimov, Komron Tursunov (barchasi – Istiqlol), Karomatullo Saidov (Ko'ktosh), Ilhomjon Barotov (Istaravshan);

Hujumchilar: Manuchexr Jalilov (Persebaya, Indoneziya), Jahongir Ergashev (Xo'jand), Sheriddin Boboev (Istiqlol).

Bosh murabbiy – Usmon Toshev.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia