JCH-2022 saralashi. Falkaoning so'nggi daqiqalardagi goli Kolumbiyani mag'lubiyatdan qutqarib qoldi

Janubiy Amerika mintaqasida JCH-2022 saralashi doirasida 2-tur bellashuvlari o'tkazildi.

Chili terma jamoasi Kolumbiyani qabul qilib, 2:2 hisobida durang qayd etdi. Mezbonlar safida Arturo Vidal hamda Aleksis Sanches gol urgan bo'lsa, kolumbiyaliklarning gollariga Lerma hamda Falkao mualliflik qildi.

Chili - Kolumbiya - 2:2

Gollar: Lerma, 7 (0:1). Vidal, 38 - s penalti (1:1). A.Sanches, 42 (2:1). Falkao, 90+1 (2:2).

Chili: Kortes, Isla, P.Dias, Serralta, Vegas, Vidal, Arangis, Pinares (Fuensalida, 74), Baesa, A.Sanches, E.Vargas (Nik.Dias, 90).

Kolumbiya: K.Vargas, Medina (Alsate, 29), Murilo, Moxika, D.Sanches, Xames Rodriges, Kuadrado, Lerma, Barrios (Falkao, 72), Muriel (Morelos, 52), Sapata.

Ogohlantirishlar: D.Sanches, 25. Vidal, 30. Serralta, 40. Xames Rodriges, 45. P.Dias, 80. Kortes, 87. E.Vargas, 88.


Manba: Championat.asia