Jazoir yoshlar terma jamoasi murabbiyi futbolchiga tarsaki tushirdi

Оқил Абдубарноев
27 mar 2024
Jazoir U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Yasin Manaa Tunisga qarshi o'rtoqlik o'yini chog'ida shogirdlariga shapaloq tortib yuborib, bahs-munozaralarga sabab bo'ldi.

Uchrashuv davomida yuzaga kelgan janjal chog'ida Manaa vaziyatni tinchitishga kirishgan va tomoshabinlar ko'z o'ngida o'z shogirdlarining yuziga tarsaki tushirib, ularni maydonga qaytishga undagan. Bu harakat esa ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab bo'ldi. 

VIDEO

Ko'pchilik murabbiyning ishini qoralab, uni lavozimidan ozod etish kerakligini ta'kidladi.

Bellashuv 3:2 hisobida Tunis yoshlari foydasiga hal bo'lgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: SportTeam