

Olmaliqliklar Bangkok shahriga uchishlaridan oldin jamoa a'zosi Javlon Anorovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Osiyo chempionatida qiyin guruhga tushib qoldik, Eron va Livan chempionlari juda xavfli raqib. Guruhdan chiqsak, Yaponiya yoki Tailand chempioniga ro'baro kelamiz. 2012 yili ana shu musobaqada "Ardus" bilan ham huddi shunday qur'a og'ir kelganiga qaramay, finalga qadar yetib borgan edik. Nasib qilsa, o'sha natijani takrorlaymiz deb umid qilaman.
O'tgan yilgi bellashuvlarda "Lokomotiv"ga omad kulib boqmagani uchun bu yil so'nggi savatchadan joy oldik, bu safar "Olmaliq" bilan muvaffaqiyatli qatnashib keyingi yili o'zimizni birinchi savatchaga tushirishga intilamiz", - deydi Anorov.



