Jasur Jaloliddinov: "Lokomotiv"da "Benevento"ga qaraganda e'tibor va tashkilotchilik kuchli"

Aslanov Jasurbek
2 avg 2020
Jasur Jaloliddinov "Lokomotiv"ga yo'l olishidan oldin unga Italiya va Turkiya klublaridan ham qiziqish bo'lgan edi. Xo'sh, u nima uchun aynan Rossiyani tanladi? "Tezkor Studiya"ning galdagi sonida iqtidorli yarim himoyachi ushbu savolga javob berib o'tdi.

"Lokomotiv" va "Beshiktosh" variantidan birini tanlash qiyin bo'ldi. Bu borada yaqinlarim ko'p maslahatlashdim. Turkiya tavakkal qo'l urilgan ish bo'lib qolardi men uchun. Rossiya chempionatida Eldor aka, Oston Urunov to'p tepmoqda. Bir-birimizga yaqinmiz. Til, mentalitet, sharoitga moslashishda muammo bo'lmaydi bu erda. Shu tomonlarini o'yladim. Baribir Italiyada ham til borasida ko'p qiynalardim. Ko'rib kelganimdan keyin bunga yana bir bor amin bo'ldim. "Lokomotiv"da "Benevento"ga qaraganda e'tibor va tashkilotchilik kuchli. 

Yangi jamoaga o'tayotganimda "Bunyodkor"dagi ko'pchilik bilan maslahatlashdim. Menga hech kim mana bu jamoaga o'tishing shart yoki kerak demadi. Klub rahbariyati qarorimni to'g'ri tushundi. Tanlov imkoniyatini o'zimga qo'yib berib qo'llab-quvvatlashligini aytishdi",- deydi Jaloliddinov.

 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia