Jasur Abduraimov: "Biz qarshi hujum taktikasiga tayyor emasmiz"

Narzulla Saydullayev
21 apr 2021
O'zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Metallurg" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.





O'yin haqida

- Futbol hozir shunaqa, kim oxirigacha chidasa, konsentratsiyani yo'qotmasa g'alaba qozonadi. Qo'qonda kechgan o'yinda biz shu kabi xolatda yutib ketgandik. Bugun yigitlarda oxirigacha bo'lgan konsentratsiya etishmadi. O'yinni ko'rdinglar, bugun yigitlar yomon o'ynamadi. Ularga bir oz vaqt kerak. Meni xursand qilgan tomoni yigitlar hujumkor o'yin namoyish etmoqdalar. Shundan kelib chiqib bizda vaziyatlar yuzaga kelayapti.

- O'yindagi vaziyatlarni tahlil qilib chiqdingizmi?

- O'yindan so'ng video operatordan tasvirlarni olib o'tkazib yuborilgan gollarni ko'rib chiqdik. Qayerda xato qildik, qanday gol o'tkazib yubordik, bularni tahlil qildik. Yigitlarga o'z xatolarini ko'rsatdik, ularga bu kabi vaziyatlarda boshqacha o'ynash kerakligini tushuntirdik.

- "Metallurg" kubokda qanday natijani maqsad qilgan?


- Jamoamiz oldida o'zimizni o'yinimizni sifatli ko'rinishga olib kelish vazifasi turibdi. Chiziqlar va jamoaviy o'yinni yo'lga qo'yib olsak, sifatli o'yin ko'rsatsak natija o'z-o'zidan kelaveradi.

- Bugungi o'yinda hujumkor o'yin jamoangizga pand berdimi?


- Hujumda o'ynasak, albatta qarshi hujumda xavf yuzaga keladi. "Mashal" ikkinchi bo'limda qarshi hujum taktikasiga asoslanib o'ynadi. Bu futbol, natijaga qarab biz yutqazdik. Lekin o'yin tomonlama yutdik deb o'ylayman. "Metallurg" doim hujumkor o'ynaydi. Biz hozirda qarshi hujum taktikasiga tayyor emasmiz.

- Ivan Nagaev ko'rsatgan o'yin haqida nima deya olasiz?


- Nagaev hozirda o'z darajasida o'ynay olmayapti. O'yinlar davomida formaga tushib boradi. U tezkor futbolchi, o'yini chiqsa u juda kuchli futbolchi bo'ladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia