Jarohatidan tuzalgan Abdullaev, tabassum qilayotgan Anzur Ismoilov, to'pga otilayotgan Quvvatov, "Paxtakor"ning kechagi mashg'ulotidan fotogalereya

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2020
"Paxtakor" jamoasi a'zolari "Bunyodkor" bilan kechadigan Toshkent derbisiga mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Shota Arveladze boshchiligidagi "sherlar" "Bunyodkor" bilan o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Quyida kechagi mashg'ulotlardan olingan fotosuratlarni e'tiboringizga havola etamiz.


Sherzod A'zamov to'pni ko'zdan qochirmayapti. Quvvatov esa hushyorlik bilan vaziyatni kuzatib turibdi.


"Sug'diyona" bilan o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan Eren Derdiyokka Shota Arveladze ishonch bildirishda davom etadimi?


Jarohatidan forig' bo'lgan Sadriddin Abdullaev endilikda mashg'ulotlarda qattiq ter to'kmoqda.


Akrom Komilovning qanotdagi ajoyib o'yinlarini ancha sog'inib qoldik.


Anzur Ismoilovning tabassumidan kayfiyati a'lo darajada ekanligini sezish qiyin emas.


Jaloliddin Masharipovni tez orada Yevropa yashil maydonlarida ko'ramiz degan umiddamiz.


Sanjar Quvvatov ham mashg'ulotlarda astoydil mehnat qilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати